Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 19 aprel kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida ham joylardagi ayrim hokim yordamçilari kredit, subsidiya, yer ajratiş masalasida tamagirlik qilayotgani tanqid qilindi. 

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan ötkazilgan tahlillarga köra, 2022 yil yanvar-may oylarida hokim yordamçilari tomonidan 14 ta jinoyat sodir etilgani ma’lum böldi. Mazkur jinoyatlar asosiy qismini poraxörlik, mansabdorlik va firibgarlik jinoyatlari taşkil etadi. 

Bu kabi salbiy holatlar oldini oliş maqsadida agentlik tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi bilan hamkorlikda hududlar kesimida hokim yordamçilarini korrupsiyaga qarşi kuraş va halollik böyiça maxsus kurslarda öqitiş tizimi yölga qöyildi. 

Joriy yil 20 iyun sanasidan e’tiboran mamlakat hududlarida “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş ustuvor yönalişlari, davlat xizmatçilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarşi kuraşiş böyiça ijobiy xulqni şakllantiriş” mavzusidagi seminar maşğulotlari boşlandi. 

Unda Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining hududiy boşqarmalari, tuman (şahar) mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş markazlari xodimlari hamda hokim yordamçilari iştirok etmoqda.  

Seminar maşğulotlarida korrupsiya bilan boğliq huquqbuzarliklar va ular uçun belgilangan javobgarlik masalalari hamda hokim yordamçilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar tahlil qilinmoqda. Bu borada hokim yordamçilari faoliyatida korrupsiyaviy omillarning vujudga keliş sabablari hamda şart-şaroitlari, ularni  bartaraf etiş usullariga alohida urğu berilmoqda. 

Seminarlar joriy yil 1 iyul kuniga qadar mamlakatning barça hududlarida bölib ötadi. 

Seminarlar yakuni böyiça hokim yordamçilari faoliyatida yöl qöyilayotgan poraxörlik, mansabdorlik, firibgarlik va boşqa korrrupsion holatlarni keltirib çiqaruvçi omillar, ular yeçimi atrofliça tahlil qilinadi. 

Bu borada hokim yordamçilarining ham fikr-mulohaza va takliflari umumlaştirilib, tegişli taşkilotlarga körib çiqiş uçun taqdim etiladi, deyiladi ma’lumotda.