Jahon | 00:15 / 06.05.2020
6181
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus 122 mln hindistonlikni ishsiz qoldirdi

Hindistonda koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantin sababli aprelda 122 mln kishi ishsiz qoldi. 

Foto: REUTERS

Hindiston iqtisodiyotini monitoring qilish markazining (CMIE) baholashicha, may boshiga Hindistonda ishsizlik rekord darajadagi 27,1 foizga yetgan.

Bundan kichik biznes eng ko‘p jabr ko‘rgan. Birinchi navbatda mayda savdo-sotiq bilan shug‘ullanganlar yoki kam haq to‘lanuvchi ishda band bo‘lganlar, misol uchun, ko‘chada savdo-sotiq qiluvchilar, rikshalar, qishloq xo‘jaligi ishchilari ishsiz qolgan. 2019 yil martida bu toifada 128 mln kishi ishlagan bo‘lsa, joriy aprelda 37 mln kishi qolgan. CMIE bosh direktori Maxesh Viasning ta'kidlashicha, bu toifadagi 91 mln kishi ishsiz qolgan va “bu aqlbovar qilmas raqamlar, fojiadir, chunki jamiyatning eng zaif qatlamlari jabr chekkan”.    

Mutaxassislarning fikricha, shu bilan ishsizlik to‘xtashi dargumon, chunki lokdaun o‘rta va yirik biznesga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Hozirda 23 foiz yirik kompaniyalar ish o‘rinlarini qisqartirishini e'lon qilgan.

Mavzuga oid