Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha prezidenti saylovlari koronavirus sababli o‘z muddatida o‘tmasligi ma'lum qilindi
10 mayga belgilangan Polsha prezidenti saylovlari koronavirus pandemiyasi sababli belgilangan muddatda o‘tmaydi.
Foto: AP
Bu haqda Polsha bosh vaziri devonxonasi rahbari Mixal Dvorchik ma'lum qildi.
“Barchasi saylovlar 10 mayda o‘tmasligiga ishora qilmoqda. Bunday fikrni saylov komissiyasi rahbari bildirdi”, deb aytgan Dvorchik. Uning ta'kidlashicha, konstitutsiya bilan belgilangan saylovlar o‘tkazish muddati 23 mayda yakunlanadi va hokimiyat saylovlar shu sanagacha o‘tishi uchun barcha imkoni bor ishni qiladi.
Amaldor fuqarolar pochta orqali ovoz bera olishlari uchun parlament mamlakatda sirtdan ovoz berish bo‘yicha qonunni qabul qilishiga umid bildirdi. Avvalroq Polsha senati (parlament yuqori palatasi) prezident saylovlarida sirtdan ovoz berish qonun loyihasini rad etgan. Biroq seym (quyi palata) ko‘pchilik ovoz bilan senatorlarning taqiqlovini bekor qilishi mumkin. Agar bu yuz bermasa, unda mamlakatga parlament tarqatilishi va muddatdan avval deputatlar saylovlari bilan kechadigan siyosiy inqiroz xavf solmoqda.
Polsha prezidenti Anjyey Dudaning vakolatlari joriy yozda yakunlanadi. Prezident saylovlari 10 mayga belgilandi. Mamlakat konstitutsiyasi saylovlarni belgilangan muddatdan eng ko‘pi bilan 2 hafta keyinroq o‘tkazish imkonini beradi.
Ayni vaqtda Polshada fuqarolar va korxonalar uchun qat'iy cheklovlar ko‘zda tutilgan epidemiya rejimi amal qilmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025