Jahon | 22:48 / 07.05.2020
2376
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyadagi restoranlar egalari hukumatdan yordam so‘ramoqda

Gretsiyada restoran va qahvaxonalar  1 iyundan ish boshlashi lozim.

Gretsiya poytaxtidagi markaziy maydonlardan biri g‘ayrioddiy norozilik namoyishi joyiga aylandi – hukumatning ijtimoiy masofa saqlash qoidasini joriy etganidan norozi bo‘lgan qahvaxona va barlar egalari yuzlab bo‘sh stullarni maydonga terib qo‘ydi.

"Agarda biz ochilsak va hukumat joriy etgan qoidalarga rioya qiladigan bo‘lsak, biznesimizning kelajagi bo‘lmaydi. Bizga ko‘proq stollar kerak, ko‘proq odam sig‘adigan maydonlar kerak", dedi restorator va otelerlar federatsiyasi prezidenti Georgius Kavatas.

Qayd etilishicha, Gretsiyadagi 90 mingta qahvaxona, bar va restoranlar inqiroz yoqasida, yaqinlashib kelayotgan sayyohlik mavsumi ularning daromad topish tugul ish yuritishiga ham yetmaydi. 

"Bizga hukumatning qo‘llab-quvvatlovi kerak. QQSni pasaytirish kerak. Bizga yopiq turgan vaqtimiz uchun ijara haqini to‘lashga subsidiyalar kerak", dedi Saloniki shahri restoratorlar assotsiatsiyasi prezidenti Yoannis Filokostas.

Gretsiyada restoran va qahvaxonalar  1 iyundan ish boshlashi lozim.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2,6 mingdan oshgan, 147 kishi vafot etgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid