Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda o‘zini izolyatsiyalash rejimi bosqichma-bosqich bekor qilinadi
Pokistonda 9 maydan koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan o‘zini izolyatsiyalash rejimi bekor qilinadi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon ma'lum qildi.
“Biz buni bosqichma-bosqich qilishga qaror qildik, chunki ko‘plab odamlar qiyinchiliklarga duch kelmoqda va biz bu rejimni davom ettira olmaymiz”, deb aytgan Xon Milliy muvofiqlashtirish qo‘mitasi yig‘ilishida.
“Biz rivojlanayotgan davlat hisoblanamiz va davlatni uzoq vaqt yopiq ushlay olmaymiz. Eksportimiz pasayib ketdi. Bizda cheklangan mablag‘lar bor edi va biz uni odamlar farovonligi uchun sarflab bo‘ldik. Biz izolyatsiyadan jabrlangan barchaga yordam bera olmaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Pokiston bosh vaziri.
U koronavirusga chalinish xavfi saqlanib qolayotganini ta'kidlab o‘tgan va aholini hukumat ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirgan.
Pokistonda qurilish bilan bog‘liq barcha sohalarni ochishga qaror qilindi. Shuningdek, po‘lat quyuvchi va alyuminiy zavodlari va boshqa ishlab chiqarish sexlari ochiladi. Bozorlar haftasiga 5 kun ochiq bo‘ladi va soat 17gacha ishlaydi. Biroq temir yo‘l va aviaaloqa hali ham taqiqlov ostida qoladi.
May boshida Pokistonning rejalashtirish va rivojlanish vaziri Asad Umar iqtisodiy inqirozga yo‘l qo‘ymaslik uchun cheklovlarni sekin-asta bekor qilishga chaqirgan. U pandemiya oqibatida 18 mln.gacha pokistonlik ishini yo‘qotishi, 70 mln.gachasi nochorlikda qolishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Pokistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar soni 585 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026