Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobyanin Moskvada koronavirusga chalinganlar 300 mingga yaqinlashganini aytdi. Niqob va qo‘lqop taqish majburiy etib belgilanmoqda
Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar aholining 2-2,5 foizini yoki 300 mingni tashkil etadi.
Moskvadagi jamoat transporti yo‘lovchilari 12 maydan niqob va qo‘lqop taqishlari shart. Bu haqda «Rossiya 24» telekanali efirida shahar meri Sergey Sobyanin ma'lum qildi.
«Ko‘plab odamlarga ishlash imkoniyatini berar ekanmiz, transportda harakatlanishlar soni ko‘payadi, bir-biri bilan muloqot qiluvchilar soni oshadi. Shu sababli metropolitenda o‘z o‘zini izolyatsiya qilishning qo‘shimcha rejimini kiritmoqdamiz, jamoat transportida niqob va qo‘lqop taqish qat'iy talab etib qo‘yiladi», — dedi Sobyanin.
Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar aholining 2-2,5 foizini yoki 300 mingni tashkil etadi. U bu yerda gap rasmiy statistikadagi aniqlangan holatlar haqida emas, balki "haqiqiy bemorlar" to‘g‘risida ketayotganini ta'kidladi.
Rossiya operativ shtabining bergan ma'lumotlariga ko‘ra esa Moskvada koronavirus yuqtirganlar soni 92,6 mingtani tashkil etadi. Rossiya bo‘yicha ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 177 mingta.
Rossiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon reytingida Germaniya (168 162 holat va 7275 o‘lim) va Fransiyani (174 191 holat va 25809 o‘lim) ortda qoldirgan holda yuqori beshlikka kirdi.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026