Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov va Muhammad Javod Zarif o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi
TIV rahbarlari savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik sur'atlarini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
2020 yilning 7 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat avvalida tomonlar 6 may kuni ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida juda samarali hamda ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotni yuqori baholadilar.
TIV rahbarlari savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik sur'atlarini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi holat, xalqaro hamjamiyatning mazkur mamlakatdagi mojaroni hal qilish borasidagi sa'y-harakatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Vazirlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026