Kattaqo‘rg‘ondagi bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 25 aprel kuni soat 00:15da ikki nafar noma'lum shaxs bosh va qo‘llariga niqob kiyib, temir jism va yog‘och tayoq bilan qurollanib, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Mundiyon mahallasida yashovchi fuqaro L.B.ning xonadoniga qarovsiz holdagi, qurilishi tugallanmagan qo‘shni uyning devoridan oshib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yotoqxonada uxlab yotgan fuqaro L.B.ga hujum qilib, qo‘llaridagi temir jism va yog‘och tayoq bilan uning boshi va tanasining boshqa sohalariga bir necha marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uyning yonida joylashgan xususiy do‘koniga olib chiqib, do‘kon kassasida bo‘lgan 2.500.000 so‘m pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam Rossiya Federatsiyasida bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan 27 yoshli I.R. va 28 yoshli A.Z. sodir etganliklari aniqlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida A.Z. jinoyat sodir etgan kuni o‘zining qo‘lidagi temir jism mix sug‘irgichni ariqqa tashlab yuborganligini ko‘rsatib o‘tgan. Shunday qilib, A.Z. ko‘rsatgan joydan ashyoviy dalil tariqasida qo‘lqoplar va bir dona mix sug‘irgich protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. I.R. va A.Z. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.
Mavzuga oid
10:13 / 01.08.2024
Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
21:38 / 22.05.2024
Kattaqo‘rg‘onda bog‘cha tarbiyalanuvchisi jarohatlandi. Uni boshqa bola tishlab tashlagani aytilmoqda
18:33 / 27.04.2024