Samarqand viloyatidagi Kattaqörğon davlat örmon xöjaligi hududida bölgan 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonğin oqibatida şikastlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasiga Kattaqörğon davlat örmon xöjaligi örmon fondi hududining ma’lum qismi yoqib yuborilganligi haqida murojaat kelib tuşgan.

Holat viloyat ekologiya boşqarmasi, tuman hokimligi, prokuratura va mas’ullar iştirokida joyiga çiqqan holda örganilgan. Natijada, örmon xöjaligi hududining 10,5 gektar maydonida yonğin bölgani hamda 7,4 gektar yer maydoni yonğindan zararlangani aniqlangan.
Uşbu qonunbuzarlik natijasida «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunning 20-21-moddalari (atmosfera havosidan foydalaniş şartlari, jonli tabiat obektlaridan foydalaniş şartlari), «Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunning 37-moddasi (daraxtlar va butalarni kesiş) hamda «Örmon toğrisida»gi qonunning 57-moddasi (örmon töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlik) talablari buzilgan.

Örganiş davomida yonğin sodir bölgan 10,5 gektar yer maydonidagi manzarali daraxtlar xatlovdan ötkazilgan. Natijada, 7,4 gektar yer maydonidagi 116 tup jiyda, 5 tup tol hamda 49 580 tup yulğun butalari şikastlangani aniqlangan. Tabiatga jami 1 milliard 884 million 675 ming söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Hujjatlar holatga qonuniy baho beriş uçun prokuratura organlariga taqdim etilgan.













