Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanidagi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasida sodir bölgan portlaş qurbonlari soni 3 kişiga yetdi. Milliy telekanalida xabar berilişiça, şifoxonaga yotqizilgan yana bir kişi 9 may kuni vafot etgan.
«Holat 7 may kuni 15:06 atrofida Qöştepa mahallasida joylaşgan AYoQŞ hovlisida sodir bölgan. Hajmi 10 kub metr bölgan 2 dona yoqilği saqlovçi siğimda (solyarka) «ZIL» avtomaşinasiga yoqilği quyiş vaqtida çaqnaş yuz bergan.
Oqibatda jami 3 kişi vafot etgan. Ular şoxobça rahbari, operatori va yuk maşinasi haydovçisi bölgan», deyiladi xabarda.
Viloyat IIB matbuot kotibi Hamidullo Sağdullayevning ma’lum qilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) ikkinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.













