Gruziya Kiyevdagi elchisi nima uchun chaqirtirib olinganiga izoh berdi
7 may kuni Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti huzuridagi milliy islohotlar kengashi tarkibiga kiruvchi islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi.
Gruziya ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni sarguzashttalab siyosatchilardan himoya qilish uchun Kiyevdagi elchisini chaqirtirib oldi, dedi Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya.
"Biz elchini o‘zaro munosabatlarimizni sarguzashttalablardan qanday himoya qilish borasida maslahatlashish uchun chaqirib oldik. Tushunarsiz maqsad va xudbinligi bilan munosabatlarimizga putur yetkazayotgan sarguzashttalab siyosatchilardan ukrain xalqi bilan strategik va qardoshlik aloqalarimizni qanday himoyalashni maslahatlashish uchun", - dedi Gaxariya.
U Ukraina bilan strategik munosabatlarga hech narsa xavf solmayotganini aytdi.
"Mas'uliyatsiz siyosatchilar sababli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi strategik hamkorlik va qardoshlikni savol ostiga qo‘ymaymiz", - dedi u.
7 may kuni Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti huzuridagi milliy islohotlar kengashi tarkibiga kiruvchi islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning tegishli farmoni e'lon qilindi.
Saakashvilining Ukrainada islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mita rahbari etib tayinlanishi rasmiy Tbilisining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Shu sababli Gruziyaning Kiyevdagi elchisi Teymuraz Sharashenizde ortga chaqirtirildi.
Vladimir Zelenskiy Saakashviliga 2019 yilda Ukraina fuqaroligini qaytargandi. Uning fuqaroligi 2017 yilda sobiq prezident Petro Poroshenko tomonidan bekor qilingan.
Mavzuga oid
14:00
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024