Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: Rossiyada qatorasiga 7 kun davomida 10 000dan ortiq yangi holat aniqlandi
Rossiyada ketma-ket yettinchi kun davomida koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari soni 10 mingdan oshdi.
So‘nggi bir kun ichida Rossiyada 84 mintaqada 10 817ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlandi va 104 kishi vafot etdi. Bu haqda Moskva shahrining kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor boshqarmasi Telegram kanalida xabar berdi. Bir kunda 5308 kishi to‘liq sog‘aydi.
Moskvada 5667 ta yangi yuqtirish holati, Moskva oblastida esa 1075 ta holat qayd etildi. Sankt-Peterburgda 425 ta holat aniqlandi. Nijniy Novgorod (294), Sverdlovsk (121) va Volgograd (102) oblastlari, shuningdek, Krasnoyarsk o‘lkasida (106) yuzdan ortiq yangi bemor ro‘yxatga olindi.
Rossiyada kasallanish holatlari soni ketma-ket yettinchi kun davomida 10 000 kishidan oshmoqda. Payshanba kuni rekord o‘rnatildi - 11 231 kishida koronavirus tasdiqlandi. Umuman olganda, Rossiyada 85 mintaqada 198 676 ta koronavirus holati aniqlandi, 1827 o‘lim va 31 916ta sog‘ayish holati qayd etildi.
O‘zini o‘zi yakkalash rejimi 31 mayga qadar uzaytirilgan Moskvada kasallanganlarning soni 10 4189ga yetdi. Shu bilan birga, payshanba kuni shahar meri Sergey Sobyanin infeksiyani yuqtirib olganlarning real soni 300 000 atrofida bo‘lishi mumkinligini ta'kidladi. 12 maydan boshlab Moskvada virus tufayli joriy etilgan cheklovlarni yengillashtirishning birinchi bosqichi boshlanadi - sanoat va qurilish korxonalari o‘z ishini qayta tiklaydi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026