«O‘zkomnazorat»: Sirdaryoda talafot ko‘rgan aloqa obektlari qayta ishga tushirilmoqda
5 ta mobil aloqa operatorlarining jami 86 ta tayanch stansiyalaridan 80 tasining faoliyati tiklangan.
2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatida «Sardoba» suv omborida yuz bergan texnogen hodisa oqibatida sodir bo‘lgan toshqin hududdagi telekommunikatsiya obektlariga jiddiy talafot yetkazgani xabar qilingandi.
Unga ko‘ra, mobil aloqa operatorlarining baza stansiyalari elektr ta'minotidan uzilib qolgani, mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ining infratuzilma (maktab, mahalla va QVP) tashkilotlariga tortilgan yerosti optik tolali aloqa kabellariga, magistral yerosti aloqa kabellariga zarar yetgani tufayli favqulodda holatdan kelib chiqib suv ombori hududi atrofidagi stansiya qurilmalarida avariya tiklash va demontaj ishlari boshlangandi.
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida Oqoltin tumani Sardoba shaharchasidagi ATS (umumiy montaj sig‘imi 1152 raqamli, ishlatilgan sig‘imi 567 abonent bo‘lgan C&C08 RSP HUAWEI rusumli stansiya, mavjud sig‘imi 288 portli DSLAM’da abonentlar soni 288 ta) qayta ta'mirlanib ishga tushirilgan. Mazkur telefon stansiyasi dizel generator orqali ishlab turganligi sababli 3 may kuni doimiy elektr tarmoqlariga ulandi.
2020 yil 5 may soat 18:00 holatiga ko‘ra 5 ta mobil aloqa operatorlarining jami 86 ta tayanch stansiyalaridan 80 tasining faoliyati tiklangan, jumladan 47 ta tayanch stansiyasi elektr ta'minotiga qayta ulangan, qolgan obektlarda esa zaruriy ta'mirlash ishlari olib borilgan.
Suv toshqini sababli Mirzaobod tumani hududida joylashgan KM-TAYe 61 magistral aloqa kabeli o‘tkazgichiga zarar yetgandi, mazkur magistral aloqa kabeli boshqa kabel magistrali va temir yo‘lga qarashli zaxira kabel magistraliga to‘liq o‘tkazilgan.
Shuningdek, tabiiy ofat talafotlarini bartaraf etish ishlarini tezkor tashkil etishda ishtirok etayotganlarga sharoit yaratish uchun viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tashkil etilgan shtabga «1205» qisqa raqami biriktirilib, qo‘shimcha ravishda «O‘zmobayl» statsionar telefon apparatlari hamda sim-kartalar ajratilgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Huquqsizlikdan sillasi qurigan fermerlar uchun navbatdagi sinov
O‘zbekiston | 16:39
-
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi
Jamiyat | 16:33
-
YeOTB O‘zbekiston YaIM 6,5 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda
Iqtisodiyot | 16:25
-
🔴 LIVE: Sahnaga qaytgan Xominaiy va Erdo‘g‘anning bayonoti | "Geosiyosat"
Jahon | 16:21
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

18:44 / 14.06.2025