Seulda koronavirusning yangi to‘lqini bois klub va barlar yopildi
29 apreldan 6 maygacha bo‘lgan muddat oralig‘ida Itxevondagi klublarda bo‘lganlardan uyda qolish va shifokorlarga xabar berish so‘ralmoqda.
Seul meri Pak Von Sun shahardagi barcha barlar va klublarni yopishni buyurdi, deb yozmoqda The New York Times. Janubiy Koreya poytaxtida klublar sababli koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.
Chorshanba kuni Yon'in shahrida yashovchi 29 yoshli shaxsda koronavirus aniqlandi, deyiladi gazeta xabarida. Epidemiologlar uning o‘tgan haftada poytaxtning Itxevon rayonidagi uchta klubda bo‘lganligini aniqlashdi. Merning so‘zlariga ko‘ra, kamida 40 nafar yangi bemor u va klublar bilan bog‘liq.
Ushbu voqeadan so‘ng hokimiyat barcha klub va barlarga bir oyga faoliyatini to‘xtatishni tavsiya qildi, deb xabar berdi Janubiy Koreya favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralari bo‘yicha markaziy shtabi.
Shuningdek, 29 apreldan 6 maygacha bo‘lgan muddat oralig‘ida Itxevondagi klublarda bo‘lganlardan uyda qolish va shifokorlarga xabar berish so‘ralmoqda.
Mart oyi boshlarida Janubiy Koreya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda edi. Ammo hukumat keskin cheklov choralari kiritmasdan kasallik tarqalishini to‘xtata oldi. Ushbu haftadan mamlakatda odatiy hayot tarziga qaytish boshlangandi.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 10800dan ortgan, 256 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:50 / 22.10.2024
OAV: Seul Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin
10:51 / 22.07.2024
Seul KXDRni yana chiqindi sharlarini uchirishda aybladi
10:18 / 25.01.2024