Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
Braziliya milliy kongressi mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga uch kunlik motam e'lon qildi.
“Milliy kongress o‘z yaqinlarini yo‘qotgan va ular bilan munosib tarzda vidolasha olmagan ko‘p oilalar iztirobini his qiladi”, deb aytgan parlamentning quyi palatasi rahbari Rodrigu Mayya.
Motam kunlari Braziliya davlat idoralarida har qanday bayram va xotira tadbirlari o‘tkazish taqiqlanadi, davlat bayroqlari tushirib qo‘yiladi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 156 mingdan oshib ketdi, undan vafot etganlar 10656 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatda umumiy virus yuqirganlar soni 156 mingdan oshib ketdi. Braziliya koronavirus qurbonlari soni 10 ming nafardan oshgan oltinchi mamlakat bo‘ldi. Bungacha AQSh (80 037), Britaniya (31 587), Italiya (30 395), Ispaniya (26 478) va Fransiyada (26 310) qurbonlar soni 10 mingdan oshgandi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026