Jahon | 11:51 / 10.05.2020
8070
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada koronavirusdan bir kun ichida 58 kishi vafot etdi

Moskvada koronavirus qurbonlari soni bir kun ichida 58 nafarga ko‘payib, 1068 nafarni tashkil qilmoqda. 

Foto: Aleksey Mayshev / RIA Novosti

Bu haqda Rossiya poytaxtining sog‘liqni saqlash departamenti tezkor shtabi ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, oxirgi sutka ichida Moskvada shifoxonalardan rekord sondagi bemor – 2520 kishi sog‘ayib chiqqan. Rossiya poytaxtida 7 may kuni eng ko‘p kasallanish holati qayd etilib, yangi kasallanish holatlari 6703 tani tashkil qilgan.

Rossiya bo‘yicha kasallanganlar soni 198,6 mingdan oshib, ulardan 31,9 mingi sog‘ayib ketgan. Vafot etganlar umumiy soni 1827 nafarni tashkil qilmoqda. 

Rossiya ayni vaqtda kasallanish holatlari soni bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda turibdi. Undan avvalgi o‘rinlarni AQSh (1,347 mldan ko‘proq kasallanish holati), Ispaniya (262,7 ming), Italiya (218,2 ming) va Britaniya  (215,2 ming) egallamoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid