Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Feysbuk bir oyda koronavirus to‘g‘risida yolg‘on ma'lumotlar yozilgan 50 millionta postni aniqladi
Ijtimoiy tarmoq bundan tashqari, foydalanuvchilar jismoniy zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan yuz minglab axborotlarni o‘chirganini ma'lum qilgan.
Feysbuk moderatorlari aprel oyida koronavirus to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlar yozilgan 50 millionta postni aniqladi.
Noto‘g‘ri ma'lumotlar joylangan barcha postlarga tegishli belgilar qo‘yib chiqildi.
«Biz ushbu ogohlantirish ish berishini bilamiz, chunki odamlar ogohlantiruvchi belgini ko‘rgach, 95 foiz holatlarda ular taqdim etilgan kontentga kirmaydi», — deyiladi ijtimoiy tarmoq xabarida.
Ijtimoiy tarmoq bundan tashqari, foydalanuvchilar jismoniy zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan yuz minglab axborotlarni o‘chirganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, moderatorlar 1 martdan 1 aprelgacha tibbiyot niqoblari, antiseptiklar, dezinfeksiyalovchi salfetkalar va koronavirus testlari savdosi bilan bog‘liq 2,5 millionta postni o‘chirgan.
Mart oyida ijtimoiy tarmoqda koronavirus borasida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarga ega 40 millionta post aniqlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025