Jahon | 21:51 / 12.05.2020
5752
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish uchun 265 mlrd dollar yordam puli ajratadi

Hindiston hukumati koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini yengib o‘tish uchun 20 trln rupiy (265 mlrd dollar) yordam puli ajratadi.

Foto: Getty Images

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi millatga murojaatida ma'lum qilgan

“Bu iqtisodiy yordam paketi kunu-tun mehnat qiluvchi ishchi, fermerga mo‘ljallangan. Bu paket soliqlarni halol to‘lovchi va mamlakat rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi o‘rta sinf uchun”, deb aytilgan hukumatda.

Modi bu mablag‘larning ajratilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni oshkor qilmagan.

“Bir dona virus butun dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilib tashladi, biz bunday inqirozni avval ko‘rmagandik va u haqida eshitmagandik. Biz o‘zimizni bu virusdan qutqarishimiz hamda olg‘a harakatlanishimiz lozim”, deb aytgan Hindiston bosh vaziri.

Modi, shuningdek, mamlakatda qat'iy izolyatsiya (lokdaun) siyosatining 4-bosqichi 17 maydan keyin boshlanishi va avvalgi 3 bosqichdan farq qilishini ta'kidlab o‘tgan, biroq qanday o‘zgarishlar joriy qilinishiga aniqlik kiritmagan.  

“Olimlar koronavirus biz bilan uzoq vaqt qolishini aytishmoqda. Lokdaunning 4-bosqichi mutlaq boshqacha, yangi qoidalar bilan bo‘ladi. Ular haqida 18 may kuni e'lon qilinadi”, deb aytgan bosh vazir. 

Dastlab Modi barcha shtatlar va ittifoqdosh hududlarni 25 martdan 14 aprelgacha qat'iy izolyatsiya rejimiga rioya qilinishini ta'minlashga chaqirgan. So‘ngra hukumat bu rejimni 3 maygacha, so‘ngra 17 maygacha uzaytirgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid