Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurlik olimlar pandemiya yakunlanishi bo‘yicha bergan barcha prognozlarini bekor qilishdi
Singapurning texnologiya va dizayn universiteti turli davlatlarda pandemiya yakunlanishi bo‘yicha bergan prognozlari jadal o‘zgarayotgan vaziyat sababli boshqa dolzarb emasligini ma'lum qildi.
Universitet saytida prognozlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerakligi, chunki ular tabiatan aniq emasligi haqida xabar paydo bo‘lgan. “Ba'zi prognozlarga asoslangan haddan tashqari optimizm xavfli, chunki u intizomni susaytirib, virus tarqalishiga olib kelishi mumkin”, deb aytilgan xabarda.
Tadqiqotchilar javobgarlikdan bosh tortib, boshqa universitet va davlatlardagi hamkasblari taqdim qilayotgan jadvallarga nazar solishni taklif qilishgan.
Singapurlik olimlarning uslubi yuqumlik kasallik tarqalishining matematik modeli - SIR-modelga asoslangan bo‘lgan. U muayyan davlatdagi kasallikka moyillar, kasallanganlar va sog‘ayib ketganlar dinamikasini ifodalagan. Unda aholi soni, virus yuquvchanligi koeffitsiyenti, bir kunda kasallanganlarning ko‘payishi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Singapurlik olimlarning prognozlariga ko‘ra, Rossiyada pandemiya avgustda, AQShda esa sentyabrda yakunlanishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025