Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 100 milliondan ko‘proq o‘quvchi mashg‘ulotlarga qaytdi
Xitoyda 100 mln.dan ko‘proq o‘quvchi mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilangandan keyin cheklovlar yumshatilgach, o‘quv muassasalarida ta'lim olishni qayta boshladi.
Bu haqda Xitoy ta'lim vazirligi vakili Van Denfen matbuot anjumanda ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, mashg‘ulotlarga qaytgan o‘quvchilar mamlakatdagi barcha o‘quvchilarning deyarli 40 foizini tashkil qiladi.
Mutaxassisning aytishicha, ulardan 21,61 mln nafari yuqori sinflar, 3,27 mln nafari kasb-hunar ta'lim muassasalari, 31,48 mln nafari 7-9-sinflar, 43,84 mln nafari boshlang‘ich maktablar va 4,68 mln nafari maktabgacha ta'lim muassasalari o‘quvchilaridir.
“Oliy ta'lim muassasalariga kelsak, 2,907 mln talaba mashg‘ulotlarga qaytdi”, deb ta'kidlab o‘tgan Denfen va poytaxt Pekin, shimoldagi Xebey, koronavirus tarqalishi ilk o‘chog‘i bo‘lgan Xubey va Rossiya bilan chegaradosh Xeylunszyan provinsiyalaridan tashqari, ko‘plab provinsiyalarda oliy ta'lim muassasalari faoliyati tiklanganini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026