Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslarning avtomobilini haydashda malaka oshirish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish taklif etildi
Yuridik shaxslarning transport vositalarini haydashda malaka oshirish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish taklif etilmoqda.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yuridik shaxslarning transport vositalarini haydashda malaka oshirish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini haydashda malaka oshirish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish lozim.
“Bu haydovchilarni toifaga ajratishdir. Nima uchun ayni bir shaxs jismoniy shaxsga tegishli avtomashinani haydasa boshqacha talab, yuridik shaxsga tegishli mashinani haydasa boshqa talab. Haydovchi shu haydovchi bo‘lsa, yo‘l shu yo‘l bo‘lsa, yo‘l qoidalari shu qoidalar bo‘lsa, mashina hammasi bir xil mashina bo‘lsa, nima uchun ikki xil talab bo‘lishi lozim.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 1-qismi dispozitsiyasidagi “yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi” degan jumlalarni chiqarib tashlash kerak. Ya'ni, ushbu holat bo‘yicha jarima qo‘llanilmasligi kerak. Yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini haydashda malaka oshirish to‘g‘risidagi talabni umuman bekor qilib tashlash lozim”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Shu sababli, yuridik shaxslarning transport vositalarini haydashda malaka oshirish to‘g‘risidagi talabni bekor qilish taklif qilingan.
Mavzuga oid
09:50 / 23.03.2026
«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda
17:45 / 19.03.2026
Toshkentda Ramazon hayiti kuni ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
09:13 / 19.02.2026