Surxondaryo viloyati hokimi vertolyotda olis tog‘ qishloqlariga bordi
Surxondaryo viloyati hokimi kuni kecha Sariosiyo tumanining olis Kundaijuvoz qishlog‘i aholisi bilan uchrashib qaytgan edi. To‘ra Bobolovning bu galgi safari Kundaijuvozdan ham olisdagi Chosh va Karsh qishloqlariga bo‘ldi.
Voha markazidan qariyb 300 chaqirim uzoqlikda joylashgan bu qishloqlarning birida 1650, ikkinchisida 450 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, deb yozadi viloyat hokimligi axborot xizmati. Tabiiyki, bu yerga hozircha vertolyotdan boshqa transportda borib bo‘lmaydi.
Bobolov joriy yilning yanvar oyida Choshda qator kishilarning murojaatlarini eshitgan edi. Shu murojaatlar ijrosi yuzasidan yangi maktab qurilishi joriy yilgi investitsiya dasturiga kiritildi, elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida yangi transformator, qishloq vrachlik punktiga ikki nafar tibbiyot xodimi ajratildi. Kunlar isishi bilan qishloqqa eltuvchi va ichki yo‘llarni ta'mirlash ishlari boshlab yuboriladi.
Viloyat rahbarining bu galgi tashrifida karshliklar qishloqqa olib keluvchi yo‘llarni sozlash, ichki yo‘llarga tosh yotqizish, tibbiyot punkti binosini ta'mirlash hamda umumta'lim maktabiga kompyuter va zarur jihozlar ajratish bilan bog‘liq masalalarni o‘rtaga tashladi. Fuqarolar murojaatini belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Shundan so‘ng To‘ra Bobolov kam ta'minlangan va nogironligi bor oilalar holidan xabar oldi, Chosh va karshliklar bilan birga ularga qo‘shni Istoch va Vochax qishloqlaridagi ehtiyojmand xonadonlarga 10 tonna un, 800 litr paxta yog‘i, 400 ta turli xildagi kiyim-kechak topshirildi.
Karsh qishlog‘idan 8 chaqirim chekkada bir nafar farzandi bilan og‘ir sharoitda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan 60 yoshli Sh.Melikovaning yashash sharoiti bilan tanishgan viloyat hokimi mas'ullarga ularni tuman markazidan yangi uy-joy bilan ta'minlash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Viloyat hokimi boshchiligidagi sektorlar rahbarlari Karsh qishlog‘iga olib keluvchi tog‘ yo‘llari holati bilan yaqindan tanishish maqsadida 14 chaqirim masofani yayov bosib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:36 / 04.02.2023
Surxondaryoda ikkita bog‘chaning bozor bahosi qariyb 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan binolari va yerlari noqonuniy berib yuborildi
00:05 / 24.01.2023
24 yanvardan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi
15:04 / 18.01.2023
Surxondaryoda salkam 153 mln so‘m evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
16:12 / 16.01.2023