Jahon | 22:32 / 15.05.2020
33107
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda eng yuqori kunlik o‘sish qayd etildi va bemorlar soni mingdan oshdi

So‘nggi bir kun davomida Tojikistonda yana 211 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 29 aprel kuni mamlakatga koronavirus kirib kelgani e'lon qilinganidan buyon eng yuqori kunlik o‘sish bo‘ldi. Bu haqda Tojikistonda koronavirus haqida ma'lumot berib boruvchi covid.tj saytida xabar berilgan.

Endilikda mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 1 118taga yetdi. Shuningdek, yana 4 kishi koronavirus sabab vafot etdi va umumiy o‘limlar soni 33tani tashkil etmoqda. Tojikistonda hozircha koronavirusdan tuzalganlar yo‘q.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda qayd etilgan - 5 689 holat. O‘zbekistonda 2 682 kishi, Qirg‘izistonda esa 1 111 kishi virus yuqtirgan.

Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan. Eng ko‘p o‘lim holati Qozog‘iston (34) va Tojikistonda (33) qayd etilgan. O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mos ravishda 11 va 14 kishi virus sabab vafot etgan.

Mavzuga oid