Jahon | 17:45 / 16.05.2020
1811
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada mamlakatga kirishda salomatlik to‘g‘risidagi ma'lumotnoma so‘raladi

Ma'lumotnoma xorij fuqarolaridan ham, Indoneziya fuqarolaridan ham so‘raladi.

Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligi joriy etgan yangi talabga muvofiq, mamlakatga kirib kirib kelayotgan barcha shaxslar salomatligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Antara agentligi xabar berdi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, ma'lumotnoma xorij fuqarolaridan ham, Indoneziya fuqarolaridan ham so‘raladi. Ushbu ma'lumotnoma chiqib ketilayotgan mamlakatda olinishi aytilmoqda. Ma'lumotnoma ingliz tilida, berilganiga bir haftadan ko‘p muddat o‘tmagan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, qayd etilishicha, barcha keluvchilar karantin o‘tashi hamda qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tishi lozim bo‘ladi.

Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 17 mingdan oshgan, mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid