Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi «Fud-siti» bozorida sotuvchilar ijara haqini pasaytirishni talab qilib chiqishdi
Moskva IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmatining bildirishicha, voqea joyiga kelgan politsiya xodimlari «ma'muriyat va ijaraga oluvchilar o‘rtasida moliyaviy mojaro yuz bergan»ini aniqlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskvadagi «Fud-siti» bozorida sotuvchilarning norozilik bildirgani aks etgan videolar tarqaldi.
TASS agentligi suhbatdoshining aytishicha, ular ijaraga beruvchidan ijara haqini pasaytirishni talab qilgan.
Baza Telegram-kanalining ma'lumot berishicha, 30 nafar sotuvchidan iborat guruh mahalliy ma'muriyatga kelib inqiroz va pandemiya sharoitida xaridorlar kamaygani sababli ijara to‘lovi narxini pasaytirishni iltimos qilgan. Ammo «Fud-siti» ma'muriyati buning o‘rniga ijara haqini yana 2 ming rublga oshirgan.
«Fud-siti» ma'muriyati RBK bilan suhbatda ijara haqini oshirganini rad etgan.
Moskva IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmatining bildirishicha, voqea joyiga kelgan politsiya xodimlari «ma'muriyat va ijaraga oluvchilar o‘rtasida moliyaviy mojaro yuz bergan»ini aniqlagan. Ular to‘planganlardan tarqalishni so‘ragan. Tez orada yig‘ilganlar tarqalishgan.
Baza yetti kishi qo‘lga olinganini yozgan. Huquqni muhofaza qilish organi vakilining aytishicha, bir necha kishi bilan suhbat o‘tkazilgan, ammo hech kim qo‘lga olinmagan.
«Fud-siti» bozori tadbirkorlar God Nisanov va Zarax Iliyevga qarashli «Kiyevskaya ploshchad» kompaniyalar guruhiga tegishli. Forbes jurnalining «Rossiya ko‘chmas mulki qirollari — 2020» reytingida «Kiyevskaya ploshchad» birinchi o‘rinni egallagan. Jurnalning ma'lumot berishicha, kompaniyaning 2019 yilda ijaradan olgan daromadi 1,6 mlrd dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026