Kuni kecha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” tizimi orqali Olmazor tumani “Nihol” MFY hududida joylashgan, qurilish ishlari olib borilayotgan xonadonlardan birida fuqaro beton plitasi orasiga siqilib qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Chaqiriq bo‘yicha voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan. Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaroni beton plitasi orasidan ehtiyotkorlik bilan chiqarib olgan.
Qutqaruvchilarning tezkor va mahorati bilan amalga oshirilgan harakatlari natijasida fuqaro hayoti saqlab qolingan hamda u tibbiyot xodimlariga topshirilgan.















