Kuni kecha Toshkent shahar Yashnobod tumani, Aviasozlar-4 dahasidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi fuqaro sog‘ligi yomonlashgani sababli tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bemorni uyning yuqori qavatidan tushirishda qo‘shimcha kuch zarurligini inobatga olib, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.
FVV qutqaruvchilari manzilga yetib borib, tez tibbiy yordam xodimlari bilan hamkorlikda bemorni pastga tushirish ishlarini amalga oshirgan va uni shifoxonaga yetkazgan.











