Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Britaniyaning 10 nafar eng boy odami ro‘yxatidan joy oldi
Rossiyalik tadbirkorlar Alisher Usmonov, Mixail Fridman va Roman Abramovich Sunday Times britan nashri reytingiga ko‘ra, navbatdagi marotaba Britaniyaning eng boy odamlari qatoridan joy oldi.

Foto: EPA/YURI KOCHETKOV
Jumladan, Alisher Usmonov joriy reytingda o‘z pozitsiyasini bir pog‘onaga yaxshilab, 2019 yildagi 8-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarilgan. Uning boyligi 11,68 mlrd funt sterlingga baholangan. Biznesmenning o‘tgan yilda boyligi 11,399 mlrd funt sterlingga baholangandi. Nashrda ta'kidlanishicha, Usmonov joriy yilda Rossiyaga koronavirusga qarshi kurash uchun 118 mln funt sterling bergan.
Shuningdek, yana bir rossiyalik tadbirkor, “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman reytingning 11-o‘rnidan joy olgan. Uning boyligi 10,23 mlrd funt sterlingga baholangan. Millhouse investitsiya kompaniyasining asosiy egasi Roman Abramovich joriy reytingda o‘tgan yildagi 9-o‘rindan 12-o‘ringa tushib ketgan. Nashrning baholashicha, uning boyligi 10,16 mlrd funt sterlingga teng.
Joriy reyting yetakchilari britaniyalik tadbirkor, ixtirochi, Dyson kompaniyasi asoschisi Jyeyms Dayson va uning oilasi bo‘lgan. Biznesmenning boyligi 16,2 mlrd funt sterlingga baholangan.
2-o‘rinni Hinduja Group kompaniyasi egalari aka-uka Shri va Gopi Hinduya va Trans World Group kompaniyasi asoschilari aka-uka Devid va Saymon Ruben egallagan. Ikkala aka-ukalarning boyligi 16 mlrd funt sterlingga baholangan.
Shuningdek, reytingning yuqori o‘ntaligidan biznesmen Leonard Blavatnik, INEOS kimyo konserni egasi Jim Retkliff, , Vestminster gersogi Xyu Grovenor ham joy olgan.
Nashr ekspertlari koronavirus pandemiyasining eng boy britaniyaliklarga ta'sirini ham o‘rganib chiqishgan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Britaniyaning eng boy odamlari pandemiya sababli 2 oy ichida 54 mlrd funt sterling yo‘qotgan. Ba'zi tadbirkorlar, jumladan 20 milliarder, pandemiya sababli o‘z xodimlarini haq to‘lanmaydigan ta'tilga jo‘natgan. Biroq nashrning yozishicha, pandemiyaning salbiy oqibatlari moliyaviy sohada endi boshlanmoqda.
Ta'kidlanishicha, Britaniyaning eng boy ming kishisining umumiy boyligi 743 mlrd funt sterlingni tashkil qilmoqda. Bu esa 2019 yilga nisbatan 29 mlrd funt sterling kamroq.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
-
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 13:45
-
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

08:37 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Uels mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatishi mumkin

10:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Britaniyaning iqtisodiy yo‘nalishdagi "aql markazlari" hamkorlik qiladi

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025