Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya JSSTga nisbatan tergov o‘tkazish tashabbusini bildirdi
Yaponiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining koronavirus pandemiyasiga qanchalik darajada to‘g‘ri javob berganini tergov qilishga chaqirmoqda.
Foto: EPA
Bu haqidagi tegishli taklif JSSTning 18 mayda boshlanadigan umumiy yig‘ilishida bildiriladi, deb xabar berdi The Mainichi nashri.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ta'kidlashicha, yig‘ilishda Yaponiya Yevropa ittifoqiga JSSTning pandemiyaga qanchalik to‘g‘ri munosabat bildirganining adolatli va mustaqil tergovi o‘tkazilishini taklif qiladi.
Ta'kidlanishicha, JSSTga nisbatan tergovni mustaqil organ olib borishi kerak.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp JSSTni Xitoyga yon bosishda hamda yomon boshqaruvda va koronavirus tarqalishi ko‘lami haqidagi ma'lumotlarni yashirganlikda ayblagandi.
Mavzuga oid
12:54 / 04.04.2026
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi
08:10 / 31.03.2026
Dunyoda faqat 13 ta mamlakat havosi xavfsiz deb topildi
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026