Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirali Muhammadjonovich Hamroyev viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Mirali Hamroyev 1983 yil 9 martda Buxoro shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 2004 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (sirtqi), 2007 yilda Bank-moliya akademiyasi (kunduzgi)ni tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – menejment, moliya.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi hisobxonasi 2-toifali hisobchi-taftishchisi sifatida boshlab, Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi budjet inspeksiyasi 1-toifali iqtisodchisi (2003–2005), Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi boshqaruv organlarini moliyalashtirish sektori mudiri (2005–2006), O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi (2006–2007), Kogon tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari — xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i (2007–2009), Kogon shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri (2009–2012), Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi ijtimoiy soha va turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i (2012), Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari (2012–2013), «Eriell GmbH» (Avstriya) kompaniyasining neft va gaz korxonalarini qurish departamenti katta hisobchisi (2013–2017), Kogon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari(2017–2018) lavozimlarida ishlagan.
2018 yildan shu vaqtgacha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Oilali, ikki farzandning otasi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan buyon Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jamol Nosirov 22 aprel kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024