Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada sodir bo‘lgan yana bir YTH natijasida 3 yoshli bola vafot etdi
YTH yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 18 may kuni soat 14:50larda, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, O‘qchi mahallasi hududidan o‘tgan 4R-154 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lining 12-km.da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1998 y.t. I.M. “Vaz-21011” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, to‘satdan yo‘lga yugurib chiqqan piyoda, 2017 y.t. E.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda, voyaga yetmagan 3 yoshli E.T. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini, ota-onalar yosh bolalarni qarovsiz qoldirmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026