Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirusga qayta chalinganlar virusni yuqtirmasliklari ma'lum qilindi
Janubiy Koreyada koronavirusga qayta chalinganlar uning tashuvchisi emas deb topildi. Shifokorlar koronavirusga qayta chalingan 285 nafar kishi bilan aloqada bo‘lgan 790 kishini tekshirib, bunday xulosaga kelishgan.
Bu haqda Janubiy Koreyaning kasalliklarni nazorat qilish markazida (KCDC) ma'lum qilingan.
“Sog‘ayib ketgandan keyin koronavirusga musbat test topshirganlar virusni yuqtirmaydilar”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, KCDC bu haqda koronavirusga chalinganlarni shifoxonadan chiqarilgach yana 2 haftaga karantinga jo‘natish kerak-kerakmasligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotdan keyin ma'lum qilgan.
Shifokorlar koronavirusga qayta chalingan 285 nafar kishi bilan aloqada bo‘lgan 790 kishini tekshirib, ularda virus aniqlashmagan.
Shundan keyin mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan sog‘ayganlar shifoxonalardan chiqarilgach yana 2 hafta karantinda bo‘lishlari kerakligini tavsiya qiluvchi yo‘riqnomani bekor qilgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026