Jahon | 23:06 / 19.05.2020
4717
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda niqob taqish rejimini buzganlik uchun 255 dollargacha jarima belgilandi

Yakshanba kuni Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli mamlakatda koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirilganini ma'lum qildi

Foto: REUTERS / Amr Abdallah Dalsh

Misr hukumati 30 maydan boshlab joriy etiladigan niqob taqish rejimini buzganlik uchun 4000 funtgacha (255 dollar) jarima to‘lovini belgiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mustafo Madbuli ma'lum qildi.

U Misrda 30 maydan boshlab niqob taqish rejimi joriy etilishini bildirdi. 

"Barcha bozor, do‘kon, davlat muassasalari, xususiy obektlar, banklar xodimlari va tashriy buyuruvchilar hamda barcha turdagi jamoat transportlarida niqob taqish majburiy etib belgilandi", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

Ushbu tartibni buzganlik uchun to‘rt ming misr funtigacha jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi.  

Misr sog‘liqni saqlash saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 12 764 kishini tashkil etmoqda, 3440 kishi sog‘aygan, 645 kishi vafot etgan.

Yakshanba kuni Mustafo Madbuli mamlakatda koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirilganini ma'lum qildi: 24 maydan  29 maygacha komendantlik soati 21.00 emas, 17.00dan boshlanadi. Ramazon hayiti kunlari jamoat transporti harakati to‘xtatiladi, barcha savdo markazlari, restoranlar, ko‘ngilochar muassasalar yopiladi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, iyun o‘rtalaridan koronavirus sababli yopilgan obektlar bosqichma-bosqich ochiladi.

Mavzuga oid