Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda «Qoradori - 2020» tadbiri davomida qator shaxslar qo‘lga olindi
Viloyatda sodir etilgan giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning 9 tasi narkotik moddalarni o‘tkazish, 18 tasi giyohvand moddalarni saqlash, 11 tasi giyohvand ekinlarni ekish bilan bog‘liq.
Ayni vaqtda respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori - 2020” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu jarayonda giyohvand ekinlarni yetishtirish, narkotik moddalarni iste'mol qilish, tashish, saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etilmoqda.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Zarbdor tumanining Oybek mahallasida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaroning tomorqasida 561 tup marixuana yetishtirilayotganligi aniqlandi. Ushbu fuqaroga tegishli qo‘shimcha inshoot tekshirilganida 292 gramm quritilgan marixuana va 271 gramm zahri qotil urug‘lari olingan.

Baxmal tumani, Nurafshon mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning turar joyi ko‘zdan kechirilganida ikkita polietilen idishda 85,52 gramm ko‘knori giyohvandlik vositasi saqlayotganligi ayon bo‘ldi. Yangiobod tumani, Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1968 yil tug‘ilgan shaxs esa hovlisidagi ekinlari orasiga 83 tup ko‘knorini parvarishlab kelgan. Mazkur shaxsning hammomidan 116 gramm ko‘knor giyohvandlik moddasi topildi.
Viloyatning cho‘l tumanlarida esa fermer xo‘jaliklari dalalarida qarovsiz holda o‘sayotgan marixuana giyohvandlik moddalari aniqlanmoqda. Xususan, Do‘stlik tumani, Qosim Rahimov nomidagi suv iste'molchilar uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi dalasida 5 metr kvadrat yerda 600 tup, Arnasoy tumanida Buxoro suv iste'molchilari uyushmasi hududidagi fermer xo‘jaligi ekin maydonida 35 tup, Zafarobod tumanidagi Zafarobod suv iste'molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi dalasida 20 tup marixuana yo‘q qilingan.
Bildirilishicha, viloyatda sodir etilgan giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning 9 tasi narkotik moddalarni o‘tkazish, 18 tasi giyohvand moddalarni saqlash, 11 tasi giyohvand ekinlarni ekish bilan bog‘liq.
Ta'kidlanishicha, giyohvand moddalar yetishtirilishi, saqlanishi, sotilishi, tashilishi mumkin bo‘lgan manzillar nazorat ostiga olinib, yo‘llarda reydlar tashkil etilmoqda.
Mavzuga oid
10:57
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
12:29 / 06.06.2026