Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti YeOII integratsiyasini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatga e'tiroz bildirdi
Qozog‘iston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, qator masalalarni muhokama qilish va hujjatni yuzma-yuz uchrashuvda qabul qilish kerak.
Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2025 yilgacha mo‘ljallangan YeOII iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini tasdiqlashni ortga surishni taklif qildi. Bu haqda BeLTA xabar bermoqda.
Qozog‘iston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, qator masalalarni muhokama qilish va hujjatni yuzma-yuz uchrashuvda qabul qilish kerak.
«Ushbu hujjatning muhimligini hisobga olgan holda, uni qo‘shimcha muhokama qilgan va yuzma-yuz uchrashuvda qabul qilgan ma'qul. Ertami-kechmi bir-birimiz bilan uchrashamiz», deydi Qozog‘iston prezidenti.
U mahsulotlar to‘siqlar va cheklovlarsiz harakatlanishini ta'minlash, yagona xizmatlar bozorini qurish, umumiy energetika va moliya bozorlariga tayyorgarlik ko‘rish lozim deb hisoblaydi.
«Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining yaqin besh yillik rivojlanishini belgilab beruvchi hujjatni qabul qilmoqchimiz. Bu har tomonlama puxta tayyorgarlik talab qiladigan ulkan tarixiy voqeadir», dedi u.
U strategiya hozirgi holatida jamoatchilik tomonidan rad etilishi, shuningdek, hukumat va parlamentning suveren huquqlarini cheklashini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
18:53 / 05.01.2026
To‘qayev MDH davlatlari prezidentlari qanday sport turi bilan shug‘ullanishini aytdi
21:50 / 23.12.2025
To‘qayev Qozog‘istonni tinchlik muzokaralari maydoni sifatida taklif qildi
18:22 / 23.12.2025
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
09:35 / 18.11.2025