Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh pandemiyadan dunyoga yetkazilgan zararni 9 trln dollarga baholadi
Pandemiyaga qarshi kurashda Xitoyning hissasi dunyo to‘lagan narxga nisbatan juda kamdir, deya ma'lum qildi Pompeo. AQSh koronavirusga qarshi kurash uchun 10 milliard dollar ajratdi, Xitoyning hissasi bor-yo‘g‘i 2 milliard dollarni tashkil etdi, deya qayd etdi davlat kotibi.
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun Xitoy 9 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishi kerak, deya ma'lum qildi AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo. Uning nutqi Fox News telekanali tomonidan translatsiya qilindi.
«Pandemiyaga qarshi kurashda Xitoyning hissasi u tufayli butun dunyo to‘lagan narxga nisbatan juda kam. Ushbu balo 90 ming amerikalikni hayotdan olib ketdi, mart oyidan beri 36 million amerikalik ishsiz qoldi. Dunyo bo‘ylab 300 ming kishi vafot etdi. Bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha 9 trillion dollargacha zarar yetkazilgan bo‘lishi mumkin», - dedi Pompeo.
Uning ta'kidlashicha, AQSh dunyoda koronavirusga qarshi kurash uchun, shu jumladan vaksina va gumanitar yordamni rivojlantirishga 10 milliard dollar ajratdi. Shu bilan birga, Xitoyning hissasi atigi 2 milliard dollarni tashkil etdi.
AQSh Xitoyni koronavirus to‘g‘risida ma'lumotlarni yashirganlikda ayblamoqda. Vashington, agar Pekin pandemiyaga sabab bo‘lgan voqealar haqida to‘liq ma'lumot bermasa, Xitoyga sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qildi.
Pompeoning ta'kidlashicha, koronavirus Uhandagi laboratoriyada paydo bo‘lgan, bu, uning so‘zlariga ko‘ra, juda katta hajmdagi dalillar bilan isbotlangan. O‘z navbatida, AQSh Xavfsizlik vazirligi Xitoyni nafaqat kasallik qanchalik keng tarqalganini yashirganlikda, balki uning jiddiyligi borasidagi ma'lumotlarni sir tutganlikda ham aybladi. Shu tariqa, AP ma'lumotlariga ko‘ra, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat xavfini kamaytirgan holda, Xitoy himoya niqoblari, kostyumlar va dori-darmonlar importini oshirdi hamda mamlakatdan ularning olib chiqilishini kamaytirdi.
Xitoy AQShning koronavirus sun'iy ravishda yaratilgani va kasallik to‘g‘risidagi ma'lumotlar yashirilgani haqidagi ayblovlarini rad etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Vashingtonning bayonotini spekulyativ va isbotlanmagan deb atadi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026