Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin BAA jo‘natgan insonparvarlik yordamini olishdan bosh tortdi
Manbalarning qayd etishicha, falastinliklarga mo‘ljallangan insonparvarlik yordamlari Isroil orqali emas, Falastin milliy ma'muriyati orqali muvofiqlashtirilishi lozim.
Foto: AP Photo / Hatem Moussa
Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasining insonparvarlik yordami ortilgan samolyoti Isroilga yetib keldi, ammo Falastin milliy ma'muriyati uni qabul qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Maan agentligi.
"Falastin ma'muriyati va G‘azoga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Etihad Airways aviakompaniyasining insonparvarlik yordami ortilgan samolyoti tarixda ilk bor Abu-Dabidan Isroilga kelib qo‘ndi", - deb xabar bergandi kecha Isroil TIV.
Maan agentligining yozishicha, Falastin hukumati BAA jo‘natgan insonparvarlik yordamini olishni rad etgan.
"BAA Falastin ma'muriyati bilan kelishmagani uchun Falastin hukumati bu yukni olishdan bosh tortdi. Falastin milliy ma'muriyati hukumati ushbu yuk BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi uchun "ko‘prik" bo‘lishini istamaydi", - degan agentlik manbalari.
Manbalarning qayd etishicha, falastinliklarga mo‘ljallangan insonparvarlik yordamlari Isroil orqali emas, Falastin milliy ma'muriyati orqali muvofiqlashtirilishi lozim va "munosabatlarni yaxshilab olish uchun tirgak bo‘lmasligi" kerak.
Avvalroq Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos Falastin Isroil va AQSh bilan tuzilgan barcha kelishuvlarni bekor qilmoqchi ekanligini aytgandi. Bunga Isroilning Falastin yerlarini qo‘shib olish niyati sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
19:07 / 27.04.2026
FATH G‘azo sektorida 20 yil ichida ilk bor o‘tkazilgan mahalliy saylovda g‘alaba qozondi
22:54 / 26.04.2026
Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV
08:17 / 24.04.2026