Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkish Airlines 10 iyundan xalqaro aviareyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
Turkiyaning bosh aviakompaniyasi Turkish Airlines koronavirus tarqalishi oldini olish uchun to‘xtatilgan xalqaro aviareyslarni 10 iyundan qayta boshlaydi.
Bu haqda kompaniya direktorlar kengashi rahbari Ilkar Oyji ma'lum qildi.
“Ichki reyslar 4 iyundan, xalqaro reyslar 10 iyundan boshlanadi”, deb aytgan Oyji.
Biroq uning ta'kidlashicha, yo‘lovchilar samolyot saloniga qo‘l yuki olib kirisha olmaydi. Bu turdagi yuk uchun mo‘ljallangan 8 kilogramm asosiy bagaj og‘irligiga qo‘shiladi. Salonga faqat qo‘l sumkalarini olib kirishga ruxsat beriladi.
Ayni vaqtda Turkiyada koronavirusdan kasallanganlar soni 152 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar 4222 nafarni tashkil qilmoqda. So‘nggi sutkada yangi kasallanish holatlari qayd qilinmagan.
Mavzuga oid
10:52
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026