Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirus qurbonlari xotirasiga 3 kun davomida bayroqlar tushirib qo‘yiladi
AQShda koronavirus qurbonlari xotirasiga 3 kun davomida bayroqlar tushirib qo‘yiladi. Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘rsatma bergan.
Bu haqda Trampning o‘zi tvitterda ma'lum qildi.
“Biz koronavirus sababli yo‘qotgan barcha amerikaliklar xotirasiga federal binolar va milliy diqqatga sazovor joylarda keyingi 3 kun davomida bayroqlarni tushirtiraman”, deb yozgan Tramp o‘z xabarida.
Shuningdek, bayroqlar AQShda 25 may kuni nishonlanadigan urush qurbonlari xotira kunida ham tushirilgan holda qoladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 96 mingdan oshib ketdi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026