Men Sibeles maydoni rasmlarini köp körmagandim, lekin juda ahamiyatli joy ekanini bilardim. Markazda Kibela ma'budining haykali, atrofida ulkan Ispaniya Banki binosi va Sibeles saroyi bor. U yerdan şahar markaziga boriş ham oson, Retiro parki, Prado muzeyi va Kastelyana köçasi orqali «Santyago Bernabeu» stadioniga çiqiş mumkin. Har qanday madridlik biladiki, Sibeles – öziga xos joy.

Şuningdek, «Real» yoki Ispaniya terma jamoasi ham öz sovrinlarini nişonlagani aynan şu yerga kelişadi. Aytiş mumkinki, aeroportdan markazga avtobusda kelayotib, bu holat meni Rio-de-Janeyroga tuşib, Iso-Masih haykali oldiga borganimni eslatdi. Juda hayajonlangandim. Ayni öşa damda fotograf rasmga olgan.
Bu suratga qarab turib, «Real» bilan ajoyib safarimni eslayman. Bu rasm hali ham uyimda osiğliq turadi. Uyim hali ham Madridda, zero «Real» klubida jamoatçilik bilan aloqalar böyiça direktor lavozimida işlab kelaman.
Tabiiyki, sizlar va köpçilik kabi, hozir men ham işga borib kela olmayapman. Sönggi bir oyda ikki marta taşqariga, supermarketga çiqdim xolos. Bu juda qiyin, lekin şunday qiliş kerakligini tuşunaman.
Köçaga çiqqan har ikki holatda ham, şahrimni taniy olmadim. Boşqa paytlari quyoş nuri ostida sayr qilayotgan keksalarni, yugurib yurgan bolakaylarni, dam olişga çiqqan oilalarni, restoranlarda ötirgan yoşlarni körardik. Hayotda nima xohlasang, Madridda topiladi: quyoş, sport, madaniyat, tungi hayot, şirin taomlar. Bu özgaça olam. Bu yerning odamlarni hayotdan zavq olişni juda yaxşi bilişadi.
Hozir esa, bu narsa yöq. Köçalar böm böş. Men heç qaçon Madridni bunday holatda körmagandim.
Şaxsan menga virus tegmadi. Oilam ham salomat. Ammo kasallikka çalingan boşqa oilalarga açinaman. Ba'zilarini tanirdim ham. Ma'lumki, yaqinda virus «Real»ning sobiq prezidenti Loresno Sansni hayotdan olib ketdi. Bu inson meni klubga olib kelgan. U 76 yoşda edi. Lorenso virusga çalinganini eşitganimda, u uçun duo qildim. Ammo bilardimki, u uzoq vaqtdan beri kasal edi va şifokorlar u kasallikka qarşi kuraşişi qiyin bölişini aytişgandi.
Sans haqida eslaganimda kayfiyatim kötariladi. U prezident bölsada, avvalo, klub muxlisi edi. U «Real» uçun yaşardi. U doim futbol jarayoni içida yaşar, doim kiyim almaştiriş xonasiga kirib, biz bilan muloqot qilardi. Mağlub bölgan kezlarimizda bizni yupatar, sovrin yutsak, birinçi navbatda bizni bağriga bosardi. U bizning otamizdek edi.


















