Jahon | 18:35 / 23.05.2020
3534
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada koronavirus qurbonlari xotirasiga o‘n kunlik motam e'lon qilinadi

Seshanba kuni Ispaniyada koronavirus epidemiyasi qurbonlari xotirasiga o‘n kunlik motam e'lon qilinadi.

Foto: Joaquin Corchero/Global Look Press

Ispaniyada 282 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 28,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan. 

"Biz asrning eng yomon balosini to‘xtatdik. Oldinda mamlakatimizni tiklash vazifasi turibdi. Hukumat seshanbadan boshlab motam e'lon qilish to‘g‘risida rasmiy bayonot qabul qiladi. Motam o‘n kun davom etadi", - dedi Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches.

Ispaniyada 282 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 28,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan. 

18 maydan qirollikning aksariyat joylarida pandemiya sababli kiritilgan cheklov choralarini yumshatishning yangi bosqichiga o‘tildi.

Ushbu bosqichda yaqin kishilar bilan uchrashishga, ma'lum bir cheklovlar asosida qahvaxona va barlarning ayvonlari, mehmonxona va muzeylarni ochishga ruxsat berildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid