Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin saylovlarda masofadan ovoz berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Ushbu qonun mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumga taalluqli emas.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin saylovlarda masofadan va pochta orqali ovoz berish imkonini beruvchi qonunni imzoladi.
Shu bilan birga ushbu qonun saylovchilar imzosini "Gosuslugi" portali orqali yig‘ish imkoniyatini beradi.
.
Qonunga tuzatish kiritish bo‘yicha hammualliflardan biri "Yedinaya Rossiya" deputati Dmitriy Vyatkinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonun mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumga taalluqli emas.
Rossiya markaziy saylov komissiyasi masoofadan ovoz berish texnologiyasini tanlash bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda, deb ma'lum qildi MSK a'zosi Anton Lopatin. Jami to‘rtta ana shunday texnologiya o‘rganilmoqda.
"MSK ulardan birini tanlab oladi hamda o‘tgan gal Moskvada o‘tkazilgan yagona ovoz berish kunidagi tajribani hisobga olgan holda joriy etadi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar sharoitida bu dolzarb hisoblanadi", — dedi Lopatin.
Moskvada o‘tgan yil sentyabrda yagona ovoz berish kunida 30ta saylov uchastkasida ilk marta raqamli saylov uchastkalaridan foydalanilgandi.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026