O‘zbekiston | 14:25 / 25.05.2020
2149
3 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy tashkilotlar reytingi har yili aniqlanadi

Reyting majmuaviy tarzda tuzilib, o‘z ichida ko‘plab toifalarni qamrab oladi. 

Mamlakatda ilk bor ilmiy tashkilotlar reytingi paydo bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati yozmoqda.

O‘zbekistonning ilm sohasi 104 ta akademik va tarmoq ilmiy muassasalaridan, shu jumladan, 65 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 31 ta ilmiy-tadqiqot markazi (ulardan 14 tasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazi) va 8 ta boshqa turdagi ilmiy tashkilotlaridan iborat.

Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot ishlari 118 ta oliy ta'lim muassasalarida (shu jumladan, filiallarda) olib borilmoqda. 

Mavjud ilmiy salohiyatning katta qismi poytaxtda markazlashgan. 104 ilmiy tashkilotdan 80.7 foiz (84 ta tashkilot) Toshkent shahrida, 19.3 foizi esa (20 ta tashkilot) viloyatlarda faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda 37 185 nafar tadqiqotchi (shu jumladan, oliy ta'lim muassasalarining professor va o‘qituvchilari) ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanib, ulardan 16 863 nafari, yoki 45.3 foizi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida olib bormoqda. 

Reytingning asosiy maqsadi – tadqiqot institutlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini barpo etish, ilmiy va innovatsion faoliyatining daraja va sifatini rag‘batlantirish, tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, real sektor uchun ilmiy asoslangan (asl matnda: ilmiy sig‘imga ega) mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqish uchun asos yaratish. 

Bunday reytinglar ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuksak ko‘rsatkichlarga ega ko‘plab davlatlarda qo‘llaniladi.

Jahon universitetlarining akademik reytingi (ARWU), Quacquarelli Symonds va Times Higher Education (THE) kabi reytinglar butun dunyoda tan olingan. 

Reyting majmuaviy tarzda tuzilib, o‘z ichida ko‘plab toifalarni qamrab oladi. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va boshqalar. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 maydagi 274-sonli “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tadqiqot muassasalarining reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom ishlab chiqilgan.

Reyting Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tuziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid