Norma’ning yozişiça, nizom quyidagilarni import qilişga ruxsat beruvçi normalar bilan töldirildi:

yaroqlilik muddatlari texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan oziq-ovqat mahsulotlari. Akkreditatsiyadan ötgan laboratoriya majmualari tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik körsatkiçlariga tahlillar ötkazilib ijobiy baholanganidan söng import qilinişiga ruxsat etiladi;

bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar öyinçoqlari, energetik içimliklar akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalar tomonidan toksikologik tahlillar ötkazilib, xavfsizlik körsatkiçlari böyiça ijobiy baholangandan söng import qilinişiga ruxsat etiladi.
 
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqlik (nomuvofiqlik) töğrisida berilgan sanitariya-epidemiologik xulosalarning elektron reyestrini yuritadi. Reyestr Soğliqni saqlaş vazirligining veb-saytiga joylaştiriladi. 
 
Sanitariya-epidemiologik xulosani berişni rad etiş uçun asoslar röyxati kengaytirilmoqda. Quyidagi holatlarda ham xulosa berilişi rad etilişi mumkin:

sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylaştirib beriş vaqtida oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati 60 foizdan kam bölganida (işlab çiqaruvçi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatiga nisbatan foizda);

xalqaro akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalar tomonidan ötkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uçun tahlil bayonlari bölmasa;

yuqumli kasalliklarni keltirib çiqaruvçi mikroorganizmlar bilan zararlanganligi aniqlanganda;

radioaktiv körsatkiçlarning me'yorlardan yuqoriligi aniqlanganda;

tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar belgilangan me'yorlar darajasidan yuqori bölganda;

parazitlar yoki ularning tuxumlari aniqlanganda;

ötkazilgan laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari olinganda;

hujjatlar töliq taqdim etilmagan taqdirda.