Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu Isroil iyulda G‘arbiy sohilning qismlarini anneksiya qilishni boshlashini aytdi
BMT Xavfsizlik kengashi 2016 yil dekabrda Isroilning bosib olingan hududlarda aholi joylashtirish faoliyatini to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani qabul qilgandi. Isroil o‘shandayoq bu talabni bajarishdan bosh tortgandi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy davlati koalitsion kelishuvga muvofiq iyuldan Iordan daryosining G‘arbiy sohili qismlarini anneksiya qilishni boshlashini tasdiqladi.
"G‘arbiy sohil qismiga suverenitetni joriy etish bo‘yicha kelishilgan muddat mavjud – bu iyul va biz bu muddatni o‘zgartirmaymiz", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasi taqdim etayotgan "tarixiy imkoniyat" haqida bormoqda va bu imkoniyatni "qo‘ldan chiqarib bo‘lmaydi".
17 may kuni Netanyaxu Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi yahudiy yashash maskanlari va Iordan vodiysini anneksiya qilish vaqti kelganligini aytgandi.
19 may kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos Netanyaxuning bayonotiga javoban Isroil va AQSh bilan tuzilgan barcha kelishuvlar bekor qilinganligini e'lon qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil bosib olingan Falastin hududlarini anneksiya qilishga urinishlari uchun javob berishi kerak.
BMT Xavfsizlik kengashi 2016 yil dekabrda Isroilning bosib olingan hududlarda aholi joylashtirish faoliyatini to‘xtatish talab qilingan rezolyutsiyani qabul qilgandi. Isroil o‘shandayoq bu talabni bajarishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
21:29 / 09.01.2026
Isroil: Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashini Nikolay Mladenov boshqaradi
12:47 / 09.01.2026
Isroil G‘azoga yana zarba berdi: 13 kishi halok bo‘ldi
11:37 / 07.01.2026