O‘zbekiston | 08:24 / 26.05.2020
7306
1 daqiqa o‘qiladi

«Har bir oila - tadbirkor» dasturiga yana 100 mln dollar ajratiladi

"Har bir oila - tadbirkor" dasturini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi.

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi Prezidentning 2018 yil 7 iyundagi PQ-3777-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
 
Norma’ning yozishicha, "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qo‘shimcha ravishda $100 mln ekvivalentidagi mablag‘larni quyidagi vakolatli banklarga ajratadi:

"Agrobank" ATBga - $40 mln ekvivalentida;

AT Xalq bankiga - $30 mln ekvivalentida;

"Mikrokreditbank" ATBga - $30 mln ekvivalentida.
 
Qo‘shimcha mablag‘larni ajratish Prezidentning 2019 yil 24 oktyabrdagi PQ-4498-son qaroriga asosan Jamg‘arma hamda vakolatli banklar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
 
Hujjat 21.05.2020 yilda kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid