O‘zbekistonda yoshlar orasida ham koronavirusdan o‘lim holati qayd etilganining sababi tushuntirildi
O‘lim holati yoshlarda ham qayd etilishiga vafot etgan o‘sha yosh fuqarolarning tibbiy yordamga kechikib murojaat etganliklari sabab bo‘lgan.
AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Nega chet davlatdan fuqarolarimizni tinimsiz olib kelyapmiz? Bu ahvolda kasallikni to‘xtatish mumkinmi?
Chet davlatlardan olib kelinayotgan fuqarolar davlat rahbarining ko‘rsatmalariga muvofiq charter reyslari tashkil etilib olib kelinyapti. Ular darhol karantinga olinyapti va kasallik aniqlansa davolash choralari ko‘rilyapti.
Nega chet davlatlarda asosan katta yoshdagilar vafot etgan bo‘lsa, bizning yurtimizda yoshlar orasida ham o‘lim qayd etildi?
Kasallikdan o‘lim holati asosan katta yoshdagilarda, jarrohlik amaliyotlaridan keyin, surunkali somatik kasalliklar bilan og‘rigan insonlarda (yurak kasalliklari, qandli diabet, buyrak kasalliklari, o‘pkaning surunkali kasalliklari) qayd etilmoqda.
Yurtimizda o‘lim holati yoshlarda ham qayd etilishiga vafot etgan o‘sha yosh fuqarolarning tibbiy yordamga kechikib murojaat etganliklari sabab bo‘ldi.
Koronavirus kasalligi tasdiqlangan odamlar o‘rtacha necha kun davolanadi?
Bu — kasallikning darajasiga, kechishiga va bemorning umumiy ahvoliga bog‘liq. O‘zbekistonda davolanib sog‘ayib shifoxonadan chiqib ketganlar o‘rtacha 25 kunni tashkil etdi.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023