Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ko‘chma sirklar hamda hayvonot bog‘lari tashkil etiladi
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi.
O‘zbekiston prezidentining “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat berildi.
Farmon bilan, Respublika qo‘g‘irchok teatriga O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri nomi berildi.
Madaniyat Vazirligi va Moliya vazirligi Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu viloyatlarda qo‘g‘irchoq teatrlarini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2020-2021 yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari mablag‘lari hisobidan har bir hududda ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot bog‘lari tashkil etilishi va doimiy yuritishi ta'minlanadi.
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:
ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi;
ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini to‘lov undirilmagan holda ta'minlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari o‘tkazish uchun ijara va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi;
nomoddiy madaniy meros obektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga kiradi (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno) va ularning ushbu faoliyatdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
23:03 / 02.06.2026
Saida Mirziyoyeva madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun mo‘ljallangan farmonni olqishladi
22:46 / 02.06.2026
Madaniyat, san’at va adabiyot sohasi uchun keng ko‘lamli imtiyozlar e’lon qilindi
15:09 / 01.06.2026