O‘zbekiston | 07:48 / 01.06.2020
49405
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslarga qurol sohasida ruxsatnomalarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi

Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Jismoniy shaxslarga qurol muomalasi sohasida ruxsatnomalarni berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari, ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari hamda ruxsatnomalarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ma'lum qilindi.

Ular:

Alohida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, ruxsatnomalar sub'yektlari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi.

Fuqaroviy (mukofot qilingan, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish) qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnomalar berilganda, ushbu qurollar va uning o‘q-dorilarini tashish ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid