Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko‘payayotganiga izoh berildi
Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.
Foto: KUN.UZ
AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. N. Otabekov nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko‘payayotganiga izoh berdi.
“Karantin choralari yumshatilganidan so‘ng ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo‘yishdi.
Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi”, - deydi u.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, karantin tadbirlari bekor qilingani yo‘q.
“Aholi orasida kasallanish sur'ati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkin”, - deydi Bosh davlat sanitariya inspektori.
U nega respublikada kasallik yengil o‘tayotgani, qariyb 80 foiz bemor kasallikdan tuzalayotganining sababi haqida ham gapirdi.
“Koronavirus infeksiyasi asosan 80 foiz holatda yengil kechadi, 15 foiz holatda o‘rta og‘irlikda va faqat 3-5 foiz holatda og‘ir, ya'ni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi.
Kasallikka chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini beryapti.
Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali ko‘plab o‘rganiladi. Shuning uchun aniq biror to‘xtamga kelishga hali erta”, - dedi u.
Mavzuga oid
18:50 / 27.01.2026
Nipah virusining O‘zbekiston hududida tarqalish ehtimoli bormi?
10:56 / 28.09.2025
Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda - Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida
11:29 / 27.09.2025
«694 nafar bola shifoxonada qolmoqda, ularning 421 nafariga bugun javob beriladi» – Nurmat Otabekov
18:37 / 21.09.2025